Toshkentda bayram munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Mustaqillikning 33 yilligi oldidan Toshkent shahridagi “Aviasozlar” hamda “Eski Juva” dehqon bozorlarida savdo yarmarkalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, oziq-ovqat mahsulotlari nisbatan arzonroq narxlarda sotilmoqda.
Yarmarkalarda sarxil mevalar, sabzavot hamda poliz ekinlari, shuningdek, tuxum, go‘sht, baliq, yog‘, non va non mahsulotlari xaridorlarga hamyonbop narxlarda taqdim etilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, Toshkent shahri Yashnobod tumani “Aviasozlar” dehqon bozoridagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi Buxoro viloyatidan keltirilgan qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirilgan.
Poytaxtimizdagi “Eski Juva” dehqon bozorida ham arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ishga tushirilib, rastalarga Qashqadaryo viloyatidan olib kelingan mahsulotlar joylangan.
Mas’ullarning ta’kidlashicha, savdo rastalari har kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirilmoqda, yeguliklarning sifati ustidan doimiy nazorat olib borilmoqda.
Plastik kartalar orqali ham oldi-sotdi ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
18:31 / 18.09.2024
«Toshkent metropoliteni» aholidan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi
22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
21:11 / 17.09.2024