Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent metropoliteni» aholidan imkon qadar tezroq harakatlanishni so‘radi
Metropoliten ma’muriyati Toshkent shahri aholisiga va mehmonlariga murojaat qildi.
«Toshkent metropoliteni» ma’muriyati yo‘lovchilardan metrodan foydalanish qoidalariga amal qilishni so‘radi.
«Harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi», deyiladi murojaatda.
Qayd qilinishicha, bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini ta’minlashga «ijobiy ta’sir ko‘rsatadi».
«Toshkent metropoliteni» ma’muriyatining ta’kidlashicha, 2024 yil yakunigacha 48 ta va 2025 yil davomida yana qo‘shimcha 56 dona zamonaviy metro vagonini harid qilish ko‘zda tutilgan. Yangi vagonlar Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti halqa yo‘nalishida harakatlanadi va buning hisobiga oraliq interval kamaytiriladi.
Avvalroq, Toshkent metrosida poyezdning nosoz holati sabab juda katta tirbandlik yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026