Samarqandda tez harakatlangan “Lasetti” tufayli ota va uning 13 yoshli o‘g‘li halok bo‘ldi
“Lasetti” mashinasi qoidalarga zid ravishda tezlikni oshirgani va mototsikl bilan to‘qnashgani aytilmoqda.
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Mening yurtim” telekanalining “Hudud” informatsion dasturida xabar berilgan.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi “Lasetti” mashinasi bilan Ishtixon tumanidagi Odil mahallasi hududida tezlikni me’yordan oshirgan va qarama-qarshi yo‘nalishda o‘z yo‘lidan kelayotgan mototsikl bilan to‘qnashgan.
Oqibatda mototsikl haydovchisi va uning 2011 yilda tug‘ilgan farzandi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Ishtixon tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Haydovchi protsessual tarzda qamoqqa olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:00 / 18.09.2024
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:30 / 17.09.2024
Toshkentda yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan Cobalt aylanib ketdi
21:00 / 16.09.2024