Germaniya aviareyslarni kechiktirish va bekor qilish soni bo‘yicha yetakchiga aylandi
Yevropadagi samolyotlarning har uchta yo‘lovchisidan biri 15 daqiqadan ortiq kechikish bilan parvoz qiladi. Lufthansa kompaniyasi guruhi bo‘lsa kechiktirilgan reyslar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
Flightright servisi butun Yevropa bo‘ylab joylashgan 20 ta aviakompaniyaning reyslarini tahlil qilib chiqdi. Ular orasida Germaniya parvozlarning kechiktirilishi va bekor qilinishi bo‘yicha yetakchiga aylandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropadagi samolyotlarning har uchta yo‘lovchisidan biri 15 daqiqadan ortiq kechikish bilan parvoz qiladi. Lufthansa kompaniyasi guruhi kechiktirilgan reyslar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
«Germaniya aeroportlari va aviakompaniyalari bu yozda ham Yevropada parvozlarning bekor qilinishi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgani xavotirga soladi. Bu nemis aviatsiyasida davom etayotgan muammolardan darak beradi», — deydi Flightright’ning yo‘lovchilar huquqlari bo‘yicha ekspert Feyza Tyuken.
Reyslari bekor qilingan aviakompaniyalarning joriy yozdagi reytingi quyidagicha joylashdi:
- Lufthansa Group tarkibiga kiradigan Eurowings aviakompaniyasi — barcha reyslarning 3 foizdan ortig‘i;
- Lufthansa — 2,9 foiz;
- Lufthansa Group tarkibiga kiruvchi Swiss aviakompaniyasi — 2,61 foiz.
Tahlilchilarning fikricha, bekor qilingan reyslar bo‘yicha ko‘rsatkichlar 1 foizdan oshmasligi kerak. TAP Portugal, Ryanair va Iberia kabi aviakompaniyalar shunday ko‘rsatkichlarni namoyon etmoqda.
Reyslari bekor qilingan aeroportlar orasidagi yetakchilik Berlin-Brandenburg aeroportiga tegishli (3 foiz). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Frankfurt (2,52 foiz) va Myunxen (2,49 foiz) egalladi.
Mavzuga oid
12:40 / 18.09.2024
Germaniya Ukrainaga qishki yordam uchun 100 mln yevro ajratadi
12:00 / 18.09.2024
Fridrix Mers Germaniya muxolifatidan kansler lavozimiga nomzod bo‘ladi
07:40 / 18.09.2024
Germaniyaning Deutsche Bahn kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb qiladi
21:36 / 17.09.2024