Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Bavariya xristian-sotsial ittifoqi (XSI) muxolifat bloki yetakçilari 2025 yilda bölib ötadigan Bundestag saylovlarida Germaniya kansleri lavozimiga öz nomzodini qöyiş haqida qaror qabul qildi. «Kansler nomzodi masalasi hal qilindi. Bu Fridrix Mers böladi. Men bundan xursandman va buni oçiq qöllab-quvvatlayman», dedi XSI rahbari Markus Zyoder 17 sentabr, seşanba kuni Berlinda Mers bilan uçraşuvdan söng. Avvalroq Zyoderning özi nemis konservatorlaridan kansler lavozimiga nomzodini qöyişi mumkinligi istisno etilmagandi.
XSI rahbari Mersni va umumiy maqsadni töliq qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi: hukmron koalitsiyasini almaştiriş va «Germaniyani töğri yölga qaytariş» uçun. Zyoder XSI raisi va Bavariya boş vaziri lavozimlarini egallaşda davom etiş niyatida. Kansler lavozimiga nomzod böyiça yakuniy qaror XDI va XSI rahbariyati tomonidan 23 sentabrda qabul qilinişi kerak, biroq Mersning tayinlanişi köpçilik ovoz bilan ma’qullanişi kutilmoqda.
XDI/XSI bloki Bundestagga bölajak saylovlar uçun favorit hisoblanadi
Xristian partiyalarining XDI/XSI muxolifat bloki Germaniyadagi eng ommabop siyosiy kuç bölib qolmoqda. Sentyabr oyi boşida ötkazilgan sörov şuni körsatdiki, agar Bundestagga saylovlar kelasi yakşanba kuni ötkazilsa, hukmron uç partiyaning ham hokimiyatda qoliş imkoniyati bölmaydi. 15 foiz sotsial-demokratlar uçun, 11 foiz «yaşillar» uçun va 4 foiz ErDP liberallari uçun ovoz beradi. Jami - 30 foiz.
Ayni paytda saylovçilarning 33 foizi XDI/XSI xristian partiyalarining muxolifat blokini qöllab-quvvatlaşga tayyor. Bu 2021 yil martidan beri eng yuqori körsatkiçdir. Germaniya Bundestagiga navbatdagi saylovlar 2025 yil 28 sentabrga belgilangan.
Raqobat XDI/XSI blokining noodatiy tuzilmasi bir qismidir. Bular mustaqil partiyalar, ammo Germaniya Bundestagida birgalikda bitta fraksiyani taşkil qiladi. XSI faqat Bavariyada, XDI esa Germaniyaning barça federal yerlarida mavjud. Şu paytgaça bu partiyalar har doim kansler lavozimiga umumiy nomzodni kelişib kelgan. Odatda u XDIdan bölgan. XSI öz vakillarini 1980 va 2002 yillarda - mos ravişda Frans-Yozef Ştraus va Edmund Ştoyber nomzodini ilgari surdi. Ikkalasi ham GODPdagi raqiblari tomonidan mağlubiyatga uçratildi.







