Jahon | 12:54
4142
2 daqiqa o‘qiladi

Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Kolleksiya tarkibidan ayollar sumkasi, poyabzal, yegulik va boshqa buyumlar shaklidagi g‘aroyib avtomobillar joy olgan.

Foto: Getty Images

Hindistonlik Kanyaboyin Sudaxkar g‘ayrioddiy avtomobillarning eng katta kolleksiyasi uchun Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Erkakning kolleksiyasi o‘zi yaratgan 57 ta noyob avtomobildan iborat. Ular Haydaroboddagi Sudha Cars muzeyida saqlanadi. 2010 yilda asos solingan ushbu muzey ayollar sumkasi, poyabzal, sport to‘plari, qafas, oziq-ovqat mahsulotlari va hatto hojatxona unitazi shaklidagi “aqlbovar qilmas avtomobillar” bilan mashhur.

Sudaxkar 14 yoshidan beri metall qismlaridan foydalanib avtomobil yasaydi. Uning dastlabki ishlari orasida uch g‘ildirakli velosiped kattaligi bo‘yicha 2005 yilda rekord o‘rnatgan. Hozirda muzey nafaqat avtomobillarni, balki balandligi atigi 33 santimetr chiqadigan eng kichik mototsikllarni ham o‘z ichiga oladi.

Muzeyda har bir eksponat avtomobil yonida uning xususiyatlari va uni yaratish uchun sarflangan vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotlar taxtachasi mavjud. Ba’zi avtomobillar bayramlar munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, qalam yoki hatto tort singari noyob ko‘rinishi bilan tashrif buyuruvchilarni lol qoldirib kelmoqda. Sudaxkarning aytishicha, muzeyga ayniqsa bolalar katta qiziqish bildiradi. Har kuni 600-1000 nafargacha bolalar g‘aroyib mashinalarni ko‘rishga keladi. U bunday avtomobillarni yasash qiyinligini, ammo natijasi bilan faxrlanishini ta’kidladi.

Mavzuga oid