Uşbu hujjat xalqaro amaliyot doirasida özbekistonlik investorlarning Hindistonda va hindistonlik investorlarning Özbekistonda munosib himoya qilinişini kafolatlaydi.
Şartnoma sarmoyaviy faoliyat uçun qulaylik darajasini oşiradi, investorlarning işonçini mustahkamlaydi, özaro hurmatni yuksaltiradi, yuzaga kelişi mumkin bölgan turli nizolarni arbitraj orqali hal qiliş imkoniyatini nazarda tutgan. Hujjat, şuningdek, investitsiyalarni ekspropriatsiya qilinişining oldini oladi, şaffoflik, mablağlarning özaro harakati va yöqotişlarni qoplaş mexanizmlarini ta’minlaydi.
Ikki tomonlama investitsiya şartnomasining imzolanişi Özbekiston va Hindistonning özaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş, yanada xavfsiz va barqaror investitsiya muhitini yaratiş böyiça umumiy majburiyatlarini ifoda etdi.
Imzolangan hujjat özaro sarmoyalar hajmini oşiriş imkoniyatlarini kengaytirişi, ikki davlat iqtisodiyoti va tadbirkorlik harakatiga foyda keltirişi kutilmoqda.












