Iqtisodiyot | 13:38 / 03.11.2024
2066
5 daqiqa o‘qiladi

Dollar indeksida tebranuvchanlik, Bitcoin narxi qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi

AQShdagi prezidentlik saylovlari fonida asosiy qimmatbaho metallarning aksariyati arzonlashdi. Yil boshidan beri oltin narxining oshishi qariyb 33 foizni, so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi esa 4 foizni tashkil qilyapti.

Foto: AP

Oktyabr oyining so‘nggi haftasida AQShda muhim choraklik va oylik hisobotlar e’lon qilindi. So‘nggi 1 hafta ichida dastlabki ishsizlar da’volari arizalarini to‘ldirganlar soni kamaygan va kutilgandan ham yaxshiroq – 216 mingtani tashkil etgan. O‘tgan oydagi ishsizlik darajasida ham yomonlashish sur’ati kuzatilmagan va 4,1 foiz bo‘lgan. Biroq yangi ish o‘rinlarining ochilish statistikasiga nazar tashlanadigan bo‘lsa, sentabr oyida bu ko‘rsatkich prognoz pastroq natijani qayd etganiga guvoh bo‘lish mumkin. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan boshqa ko‘rsatkichlar, masalan, YaIM o‘sishi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2,8 foizni tashkil etgan. Iste’molchilar ishonchi va ishlab chiqarish xaridlari indekslari oktyabr oyida mos ravishda 108,7 va 46,5 bo‘lgan, shaxsiy iste’mol xarajatlari indeksi esa prognoz biroz past – 2,1 foiz o‘sishga erishgan.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 28 oktyabrdan 1 noyabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.  

AQSh top fond bozorlari indeksi:

  • S&P500 – 5728 (hafta boshidan -1,37 foiz, yil boshidan +20,11 foiz);
  • NASDAQ – 18239 (hafta boshidan -1,5 foiz, yil boshidan +21,51 foiz);
  • DJI – 42052 (hafta boshidan -0,15 foiz, yil boshidan +11,58 foiz).

Hafta savdolarida Dow Jones indeksi 62 punktga, NASDAQ va S&P500 mos ravishda 279 va 79 punktga pasaydi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

  • Oltin – 2735 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -0,39 foiz, yil boshidan +32,63 foiz;
  • Kumush – 32,4 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan -3,72 foiz, yil boshidan +36,43 foiz.
  • Alyuminiy – tonnasi 2601 dollar (hafta boshidan -2,67 foiz; yil boshidan +8,91 foiz);
  • Mis – 4,32 dollar (hafta boshidan -0,46 foiz; yil boshidan +12,21 foiz).

Qimmatbaho metallar ham prezidentlik saylovlari avjiga chiqishi va oktyabr oyi makro ma’lumotlari e’lon qilinishi fonida tebranuvchanlikka yuz tutdi. Oltin, kumush, alyuminiy va mis hafta davomida mos ravishda 10,76 dollar, 1,25 dollar, 71,45 dollar va 0,02 dollarga arzonlashdi.

Neft

  • WTI – 69,29 dollar (hafta boshidan -3,25 foiz, yil boshidan -2,81 foiz);
  • BRENT – 75,91 dollar (hafta boshidan +3,79 foiz, yil boshidan -1,47 foiz).

Hafta davomida neftning WTI markasi 2,33 dollarga arzonlashdi, BRENT esa 2,77 dollarga qimmatlashdi.

Valutalar

  • USD/EUR: +0,38 foiz (yil boshidan -1,84 foiz);
  • CNY/USD: +0,02 foiz (yil boshidan +0,33 foiz);
  • TRY/USD: +0,06 foiz (yil boshidan +16,39 foiz);
  • UZS/USD: -0,07 foiz (yil boshidan +4,02 foiz);
  • RUB/USD: +0,89 foiz (yil boshidan +9,81 foiz).

Hafta savdolarida lira, rubl va yuan dollarga nisbatan mos ravishda 0,06 foiz, 0,89 foiz va 0,02 foizga pasaydi, yevro va so‘m esa 0,38 foiz va 0,07 foizga mustahkamlandi.

Kriptovaluta

  • Bitcoin – 69562 dollar (hafta boshidan +2,33 foiz, yil boshidan +64,03 foiz);
  • Ethereum – 2512 dollar (hafta boshidan +0,19 foiz, yil boshidan +10,04 foiz).

Asosiy kriptolar AQSh prezidentlik saylovlari fonida ko‘tarilishini qayd etdi. Bitcoin va Ethereum hafta mobaynida mos ravishda 2,33 va 0,19 foizga qimmatlashdi.

Bozorlar haqida qisqacha

Korporativ dunyoga nazar tashlaydigan bo‘lsak, choraklik hisobotlarni har doimgiday prognoz qilish qiyin bo‘lib qolmoqda. Misol uchun, so‘nggi paytlarda turli sud da’volari va potensial parchalanish tahdidida yashagan Alphabet ijobiy choraklik hisobotlarini taqdim qildi. Natijada kompaniya aksiyalari qimmatlashdi. O‘z navbatida xarajatlarini doim takomillashtirib boradigan Apple esa so‘nggi chorakda soliq bilan bog‘liq muammolar tufayli 10 milliard dollardan ortiq qo‘shimcha xarajatlar qilishga majbur bo‘ldi. Bu esa kompaniyaning butun yillik sof daromadiga qattiq ta’sir etib, aksiyalarining qariyb 6 foiz qulashiga olib keldi. Yuqoridagi holatlar kompaniyalar qanchalik jozibador va o‘sish potensiali yuqori bo‘lmasin, hech qaysi riskdan xoli emasligini yana bir bor isbotladi.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 28 oktyabrdan 1 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.

Mavzuga oid