O‘zbekiston | 16:12 / 12.11.2024
1751
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt restoranlar uchun O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

Mamlakat elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Kuvaytning Dawat kompaniyasi ta’sischisi Muhammad al-Ajil va ijrochi direktori Dalvi Said Abdulloh o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Suhbat avvalida Dawat kompaniyasi ta’sischisi Muhammad al-Ajil joriy yil 19-22 oktyabr kunlari O‘zbekistonga qilgan safari haqida to‘xtaldi. U mamlakatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va turli sohalardagi yutuqlarni yuqori baholadi. Shu bilan birga, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va ochiq ko‘ngilligini alohida ta’kidladi.

Kuvayt vakili restoran biznesini yanada kengaytirish, yangi shoxobchalarni ochish niyatini bildirdi. Rejaga ko‘ra, arab qahvasi hamda shirinliklari taklif etadigan qahvaxonalar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ularga O‘zbekistondan qandolatchilar, qahva va boshqa ichimliklar tayyorlaydigan mutaxassislarni jalb qilish rejasi haqida ma’lum qilindi.

Tomonlar Dawat kompaniyasi taklif etayotgan restoranlarga ishchi kuchini jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar va mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tegishli shartnoma tuzishga kelishib oldilar.  

Mavzuga oid