Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasiga joriy yilning ötgan davri mobaynida iste’molçilardan umumiy ovqatlaniş korxonalarida (restoran kafe, oşxona va bufet) körsatilayotgan xizmatlarda sanitariya-gigiyena talablari buzilayotgani, narxlarni oşirib qöllaş hamda taomnomalarning davlat tilida taqdim etilmayotgani yuzasidan 250 ga yaqin murojaatlar kelib tuşgan. 

Qayd etilişiça, mazkur murojaatlar yuzasidan respublikada faoliyat yuritayotgan 700 ga yaqin ovqatlaniş korxonalarida tanlanma asosida örganiş işlari olib borilgan.

Olib borilgan örganişlarda umumiy ovqatlaniş sub’yektlari tomonidan iste’molçilarga xizmat körsatişda ovqat tayyor böliş vaqti, narxi va tölaş şartlari haqida töğri tuşunarli ma’lumot taqdim etmaslik, taomnomalarda tayyor ovqatlarning hajmlari körsatilmagani, yöl böyida sanitar qoidalariga nomuvofiq joylarda ovqat tayyorlaş, tayyor ovqatni yetkazib beriş, taşiş va saqlaşdagi muammolar ma’lum bölgan.

Şuningdek, örganiş işlarida qamrab olingan 700 ga yaqin umumiy ovqatlaniş korxonalarining:

  • 524 tasida - (75 foiz) taomnoma davlat tilida emas;
  • 480 tasida - (69 foiz) iş rejimi körsatilmagan;
  • 449 tasida - (65 foiz) narxnomalar mavjud emas;
  • 429 tasida - (62 foiz) avtoturargohlar mavjud emas;
  • 519 tasida - (74,6 foiz) favqulodda vaziyatlar uçun çiqiş yölaklari mavjud emasligi aniqlangan.

Raqobat qömitasi tomonidan yuqoridagi aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan vakolatli organlarga (Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi va Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligining Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasi) tegişli tartibda ma’lumotlar kiritildi.

Qömita umumiy ovqatlaniş korxonasida qoida va talablar buzilişiga oid muammolar uçrasa, Raqobat qömitasining yagona işonç (1159) raqamiga murojaat qilişni söramoqda.