Jahon | 00:11
1175
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Trampning jamoasi bilan urush tezroq tugaydi

Ukraina prezidenti «Suspilne»ga bergan intervyusida Tramp telefon orqali muloqotda Ukraina pozitsiyasini tinglaganini ma’lum qildi.

Foto: Suspilne

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Suspilne»ga bergan intervyusida AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan Rossiya—Ukraina urushi tezroq yakunlanishini aytdi. Nashr Ukraina yetakchisi bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan parchalar e’lon qildi.

«Biz uchun adolatli tinchlik juda muhim… Urush tugaydi, ammo aniq sanasi yo‘q. Shubhasiz, endi Oq uyga keladigan ushbu jamoa siyosati bilan urush tezroq yakunlanadi. Bu ularning yo‘nalishi, ularning o‘z jamiyatiga bergan va’dasi va bu ular uchun juda muhim», — deydi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotda Ukraina pozitsiyasini tinglagan. «Bizning pozitsiyamizga qarshi hech narsa eshitmadim», — deya qo‘shimcha qiladi Ukraina yetakchisi.

Shuningdek, Zelenskiy Tramp Ukrainadan Rossiya bilan muzokaralarda ishtirok etishni talab qilgan yoki qilmagani haqidagi savolga javob qaytardi: «Biz — mustaqil davlatmiz. Va biz ushbu urush vaqtida — xalqimiz ham, shaxsan men ham AQSh bilan, Tramp bilan, Bayden bilan va Yevropa yetakchilari bilan muzokaralarda — «O‘tir va tingla» ritorikasi bizga nisbatan ishlamasligini isbotladik».

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida bir necha bor agar g‘alaba qozonsa, Rossiya—Ukraina urushini tezroq yakunlashga va’da bergandi. Siyosatchining jamoasi jangovar harakatlarni to‘xtatish rejasini tayyorlagan. Unga ko‘ra, Ukraina kamida 20 yilga NATOga qo‘shilish niyatidan voz kechadi.

Mavzuga oid