O‘zbekiston | 17:00
1939
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

INFINIX o‘zining yangi HOT 50 Pro+ smartfonini taqdim etdi

Infinix Mobility xalqaro texnologiya kompaniyasi yangi HOT 50 seriyasiga kiradigan Infinix HOT 50 Pro+ modelini taqdim etdi.

Foto: INFINIX

Yengil, hashamdor va yorqin

Qayrilgan hoshiyali 3D AMOLED ekranga ega ultra oval dizaynli yangi HOT 50 Pro+ o‘zining noyob estetikasi bilan hayratga soladi va yuqori samarali funksiyalarni taklif etadi. O‘z samaradorligini yo‘qotmagan holda hamyonbop qurilmani izlayotgan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan HOT 50 Pro+ qulay narxda ishonchli funksiyalarni taqdim etib, premium darajadagi hisni uyg‘otadi.

Qurilmaning ultra ingichka 6,8 mm korpusi va 162 g yengil vazni bir qo‘lda qulay foydalanishni ta’minlaydi. Helio G100 protsessori, 8 GB+8 GB tezkor va 256 GB asosiy xotiraga ega ushbu qurilma hatto intensiv foydalanishda ham samarali xizmat qilishni davom ettiradi.

Smartfon 120 Hz yangilanish tezligi va 1300 nit bo‘lgan yorqin ekran bilan jihozlangan. Ikkita JBL dinamiklari ichki va tashqi sifatli hamda kuchli ovozni taqdim etadi.

Kamera xususiyatlari

Asosiy kamera blokida uchta obektiv mavjud va ularning asosiysi 50 MP bo‘lgan obektiv yuqori tasvir sifatini ta’minlaydi, hatto kam yorug‘lik sharoitida ham ajoyib detallarga boy aniq tasvirlarni oladi. 13 MP old kamera yuqori aniqlikda selfi va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Kameraning ko‘plab parametrlari orasida "Osmonni tanlash" maxsus rejimi mavjud, uning yordamida haqiqiy osmonni chiroyli shablonlar bilan almashtirish mumkin. "Super tun" rejimi esa hatto past yorug‘lik sharoitida ham aniq va tiniq suratlar yaratadi. "Portret" rejimi deyarli har qanday muhitda boke effekti bilan studiyada yoritilgandek suratga olish imkonini beradi.

Qo‘shimcha funksiya va imkoniyatlar

Infinix, shuningdek, HOT 50 Pro+ modelining chidamliligiga alohida e’tibor qaratdi, u chang va suv tomchilariga qarshi IP54 sertifikatiga ega bo‘lib, uni turli xil tashqi sharoitlarga duch keluvchi faol foydalanuvchilar uchun ideal hamrohga aylantiradi. Wet & Greasy Touch Precision texnologiyasi foydalanuvchilarga qo‘llari ho‘l yoki iflos bo‘lsa ham smartfondan foydalanish imkonini berib uning qulayligini yanada oshiradi. Qurilmani tez va xavfsiz qulfdan chiqarish uchun barmoq izini skanerlash texnologiyasi hamda GPS moduli o‘rnatilgan, Wi-Fi va Bluetooth’ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, qurilma TÜV Rheinland Group’dan 5 yillik sifat sertifikatini qo‘lga kiritdi.

HOT 50 Pro+ modelining 5000 mAh batareyasi 4 yil uzluksiz xizmat qilishni ta’minlaydi: 15,3 soatgacha WhatsApp orqali suhbat, 10,1 soat TikTok strimingi va bir marta quvvatlashda 7,5 soat MLBB o‘yinini o‘ynash mumkin. Shuningdek, foydalanuvchilar 26 daqiqada 50% quvvatlovchi 33 W FastCharge funksiyasidan ham foydalanishlari mumkin. Qurilmada tungi quvvatlash vaqtida quvvatni boshqarishni optimallashtirish uchun "Overnight Charging Protection" funksiyasi, shuningdek, o‘yin o‘ynash yoki striming kabi intensiv ishlarni bajarish vaqtida quvvatni batareyaga emas, balki ona platasiga yo‘naltirish orqali qurilma haroratini past saqlashga yordam beruvchi "Baypass Charging" texnologiyasi mavjud.

INFINIX AI bilan yangi imkoniyatlar

HOT 50 Pro+ modelidagi sun’iy intellekt xususiyatlari vazifalarni soddalashtiradi va foydalanuvchi uchun qulaylik yaratadigan vositalarni taklif qilish orqali kundalik hayotni yengillashtiradi. ASK AI foydalanuvchilarga real vaqtda hujjatlarni umumlashtirish, ma’lumotlarni so‘rash, kontent yozish va vazifalarni optimallashtirishga yordam beradigan intuitiv yordamchini taqdim etadi.

Narxlar va sotuvlar

Infinix HOT 50 Pro+ sotuvi 29 noyabrdan boshlanadi va konfiguratsiyaga qarab mamlakatimizning barcha yirik ixtisoslashgan tarmoqlarida kulrang (Titanium Grey), binafsha (Dreamy Purple), qora (Sleek Black) ranglarda bo‘lib, narxi 2 700 000 so‘mdan boshlanadi.

Mahsulotlar haqida batafsil ma’lumotni veb-saytda va kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida topishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid