Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil etiladi
Obektning umumiy maydoni 100 gektarni tashkil etadi, shundan 50 gektar Qozog‘iston, 50 gektar O‘zbekiston qismidir. Muayyan hududga mintaqaviy sanoat zonasi maqomi beriladi.

Foto: oz.inform.kz
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida sanoat kooperatsiyasi markazi barpo etiladi.
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston parlamenti majlisi deputatlari "Qozog‘iston hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida "Markaziy Osiyo" sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida"gi qonun loyihasini ma’qulladi.
Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shaqqaliyev ta’kidiga ko‘ra, kelishuv Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 20-yig‘ilishi qarorini amalga oshiradi.
Markaz "Atameken" (Qozog‘iston) va "Guliston" (O‘zbekiston) nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida joylashgan bo‘lib, ishlab chiqarish maydonlari, omborlar, shuningdek, transport infratuzilmasini o‘z ichiga oladi. Bu yuk tashishni tezlashtiradi, logistika xarajatlarini kamaytiradi, yetkazib berish zanjiri ishtirokchilari sonini kamaytiradi, iste’molchilar uchun mahsulotning yakuniy tannarxini pasaytiradi, yetkazib berish tezligini oshiradi va "Shimol-Janub" yo‘lagi doirasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantiradi.
Obektning umumiy maydoni 100 gektarni tashkil etadi, shundan 50 gektar Qozog‘iston, 50 gektar O‘zbekiston qismidir. Muayyan hududga mintaqaviy sanoat zonasi maqomi beriladi.
"Kazinform" manbasida ta’kidlanishicha, markaz infratuzilmasi budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan barpo etiladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tarixdagi eng halokatli samolyot yaratilganini e’lon qildi
Jahon | 21:41
-
“Pushkin” bekatidan TTZgacha yerusti va yerosti metro liniyasi tushishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:34
-
2024 yil migrantlar uchun eng halokatli yilga aylandi - Xalqaro migratsiya tashkiloti
Jahon | 21:30
-
Britaniya shahzodasi tankda Rossiya chegarasiga bordi
Jahon | 21:20
Mavzuga oid

09:24
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarada sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish uchun 50 mln dollar ajratishi mumkin

18:16 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda

11:34 / 19.03.2025
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi

20:12 / 18.03.2025