Isroil va AQSh Eronning yadroviy obektlariga zarba berishga tayyorlanmoqda - OAV
AQSh bilan sheriklik munosabatlariga ega Fors ko‘rfazi davlatlari ularga mazkur operatsiyada yordam berish niyatida emas.

Foto: Getty Images
AQSh va Isroil Eronga uning yadroviy dasturi sabab zarba berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda siyosiy, harbiy va diplomatik doiralardagi yuqori martabali manbalariga tayanib, Daily Mail xabar berdi. AQSh bilan sheriklik munosabatlariga ega Fors ko‘rfazi davlatlari ularga mazkur operatsiyada yordam berish niyatida emas, Eron esa hujumlarni qaytarish uchun raketalarini tayyorlamoqda.
Isroil hukumatidagi manbaning aytishicha, Tehronning yadroviy qurol yaratish ustidagi ishlarini allaqachon to‘xtatish kerak bo‘lgan, endi esa yakuniy chora ko‘rish vaqti kelgan. Diplomatik manbaning so‘zlariga ko‘ra, «Isroil nuqtai nazaridan, Donald Trampning Oq uyga qaytishi Eron muammosini hal etish uchun eng qulay fursatdir». «Bundan yaxshiroq imkoniyat bo‘lmaydi», — deydi u.
Eron bir necha bor yadroviy qurol ishlab chiqarish niyatida emasligini ma’lum qilgan. Ammo MAGATE ma’lumotlariga ko‘ra, u bunday imkoniyatga yaqinlashgan: mamlakatda 60 foizgacha boyitilgan uran mavjud bo‘lib, ular 90 foizgacha boyitilsa, oltita atom bomasini ishlab chiqarishga yetadi.
Tramp 4 fevral kuni milliy xavfsizlik xavotirlari sabab Eronga maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasini e’lon qilgandi. Martda u mamlakat oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyga maktub yo‘llab, ikki oy ichida yadroviy dastur bo‘yicha yangi bitim tuzishni talab qildi. «Biz ular yadroviy qurolni qo‘lga kiritishlariga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Tez orada nimadir bo‘lishi kerak. Men boshqa variant o‘rniga tinchlik bitimini afzal ko‘raman, ammo boshqa variant muammoni hal etadi», — degandi Tramp.
Mart oxirlarida Eron o‘zining «tez rivojlanayotgan» yadroviy dasturi bo‘yicha AQSh bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortgandi. Mamlakat prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Eron hech qachon muzokaralardan qochmaganini ta’kidlab, AQShni oldingi majburiyatlarini bajarmaganlikda, jumladan, Trampning birinchi prezidentlik muddati davri — 2018 yilda yadroviy kelishuvdan chiqishda ayblagan edi.
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada pora orqali holatini qonuniylashtirilgan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi
Jahon | 20:36
-
Olimlar birinchi marta saraton kasalligini proton yoyi bilan davoladi
Jahon | 20:33
-
Bandar-Abbos portidagi portlash: qurbonlar soni ortmoqda
Jahon | 20:23
-
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda
Jamiyat | 20:00
Mavzuga oid

20:43
AQShning 60 mln dollarlik qiruvchi samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi

20:23
Bandar-Abbos portidagi portlash: qurbonlar soni ortmoqda

19:29
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi

15:27