Isroilga qarşi sud eşituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otaşkesimi - kun dayjesti
|20:27 / 29.04.20254 9969 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
BMT sudida Isroilga qarşi eşituv boşlandi
BMT Xalqaro sudi Isroilning Ğazo va Ğarbiy Sohildagi falastinliklarga gumanitar yordam körsatiş majburiyatlarini muhokama qilişni boşladi. Bu jarayon BMT Boş Assambleyasining murojaati ortidan boşlandi. Asosiy sabab — Isroilning UNRWA agentligi faoliyatini taqiqlaşi va Ğazoga yordam kiritişni çeklaşi böldi.
BMT mart oyidan beri yordamning töxtaşi Ğazoda halokatli oqibatlarga olib kelayotganini bildirib, Isroilni xalqaro huquqni hurmat qilişga çaqirdi.
7 oktyabrdan buyon Ğazoda halok bölganlar soni 52 ming 314 kişiga yetdi. Falastin soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, sönggi sutka içida 71 kişi halok bölib, 153 kişi yaralangan.
Isroil 18 martdan qayta boşlagan hujumlar natijasida 2222 falastinlik halok bölgan, 5751 kişi jarohat olgan. Jahon hamjamiyati Ğazodagi vaziyat yuzasidan jiddiy taşviş bildirmoqda.
Pokiston Hindiston hujumiga tayyorlanmoqda
Pokiston mudofaa vaziri Havoja Asif Hindiston armiyasining Pokiston hududiga bostirib kirişini «muqarrar» deb atadi. Reuters agentligiga bergan intervyusida u mamlakat kuçlari mustahkamlanganini va strategik qarorlar qabul qilinganini ma’lum qildi.
Asifning sözlariga köra, Pokiston armiyasi hukumatni ehtimoliy hujum haqida oldindan ogohlantirgan. Hozirda Islomobod Xitoy, Fors körfazi davlatlari, Buyuk Britaniya va AQŞ bilan aloqada ekanini ham qayd etdi.
22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatidagi terakt ortidan ikki davlat örtasida keskinlik yanada oşgan. Hindiston Pokistonni ayblagan va çegarani yopgan. Pokiston esa harbiy tayyorgarlikni kuçaytirdi.
Ikki davlat ham yadroviy qurolga ega bölib, Havoja Asif yadro quroli faqat töğridan-töğri tahdid holatida qöllanişini ta’kidladi. Hindiston esa keskinlik şaroitida raketa sinovlarini amalga oşirgan.
Putin Ukrainada qisqa otaşkesim e’lon qildi
Mavzuga oid
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 may — faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan Ukrainada qisqa muddatli otaşkesim e’lon qildi. Kreml ma’lumotiga köra, Rossiya qöşinlari 7 may yarim tundan 10 may yarim tungaça harbiy operatsiyalarni töxtatadi.
Bayonotda ta’kidlanişiça, bunday qaror insonparvarlik nuqtai nazaridan qabul qilingan. Kreml Ukraina tomonini ham şunday öt oçişni töxtatiş rejimiga amal qilişga çaqirdi. Şu bilan birga, agar Ukraina şartlarni buzsa, Rossiya Qurolli Kuçlari «şunga mos va samarali javob» qaytaradi.
Kreml Rossiya tomoni «heç qanday dastlabki şartlarsiz» tinçlik muzokaralariga tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi. Moskva xalqaro hamkorlar bilan konstruktiv hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi.
Avvalroq, Putin Pasxa bayrami munosabati bilan ham öt oçişni töxtatgan edi, ammo keyin tomonlar bir-birini şartlarni buzganlikda ayblagan edi.
Yanukoviç sirtdan 15 yilga hukm qilindi
Kiyevning Podolsk rayon sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukoviçni sirtdan 15 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qildi. U 2014 yilda Rossiyaga qoçiş paytida odamlarni noqonuniy ravişda davlat çegarasidan ötkaziş va dezertirlikka undaşda aybdor deb topildi.
Yanukoviçning sobiq xavfsizlik xizmati boşliği Konstantin Kobzar ham xuddi şu iş böyiça 10 yillik qamoq jazosini oldi. Sud xulosalariga köra, ular havo yöli orqali kamida 20 nafar xavfsizlik xodimini noqonuniy ravişda Ukrainadan Rossiyaga olib ötgan.
Bu Yanukoviç uçun Ukrainada çiqarilgan ikkinçi sirtdan hukmdir. 2019 yilda u davlatga xiyonatda ayblanib, 13 yilga qamalgan edi. Yanukoviç 11 yildan beri Rossiyada yaşirinib yuribdi.
Podolsk sudi ta’kidlaşiça, Yanukoviçning harakatlari Ukraina suverenitetiga va davlat çegaralariga qarşi jiddiy qonunbuzarlik sifatida baholangan.
Germaniya Trampning Ukraina rejasini tanqid qildi
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Ukrainaga hududiy yon berişlar orqali tinçlikka erişiş taklifini keskin tanqid qildi. U Tagesschau naşriga bergan izohida bu taşabbusni «Ukrainaning kapitulyatsiyasi» deb atadi.
Pistoriusning ta’kidlaşiça, agar şunday yöl tutiladigan bölsa, Ukraina bir yil oldinoq taslim bölgan bölar edi. U Ukraina barqaror tinçlikka erişiş uçun muayyan muvaqqat yöl beriş ehtimolini tuşunayotganini, ammo bunga işonçli xavfsizlik kafolatlari hamroh bölişi zarurligini urğuladi.
Axios naşri ma’lumotlariga köra, Tramp rejasi Qrimni Rossiyaniki deb tan oliş, Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xerson oblastlarini Rossiya nazoratida qoldirişni öz içiga oladi. Şuningdek, Xarkiv oblastining bosib olingan qismi qaytarilişi va Zaporijjya AES rasman Kiyevga ötişi, ammo uni AQŞ boşqarişi nazarda tutilgan.
Kelişuv amalga oşsa, Tramp 2014 yildan buyon Rossiyaga qöyilgan barça sanksiyalarni bekor qilişga tayyorligini bildirgan.
Donald Trampning reytingi pasayib bormoqda
Donald Tramp yanvarda Oq uyga qaytganida siyosiy faoliyatidagi eng yuqori qöllab-quvvatlaş darajasini qayd etgandi. Ammo CNN söroviga köra, bor-yöği 100 kunda uning reytingi keskin pasaydi. Aprel oxirida Trampning iş faoliyatini qöllab-quvvatlaş darajasi 41 foizgaça tuşib ketgan — bu 1950 yillardan beri yangi prezidentlar orasida eng past körsatkiçdir.
Hisobotga köra, ayollar va lotin amerikaliklar orasida qöllab-quvvatlaş 7 foizga kamaygan. Mustaqil saylovçilar orasida esa reyting 31 foizga tuşib, antirekord yangilandi. Inflatsiya va tarif siyosati böyiça ma’qullaş darajasi 35 foizga tuşgan, iqtisodiy siyosatda esa dekabrdan beri 13 punkt yöqotilgan.
Federal boşqaruv va kadrlar siyosati böyiça işonç darajasi ham pasaygan. Migratsiya siyosatidagi keskin çoralar Amerikada xavotir uyğotgan, ayniqsa ommaviy migratsiyaga uçraydigan ştatlarda.
Trampning taşqi siyosatdagi Rossiyaga nisbatan yumşoq yondaşuvi va Ukrainaga yordamlarni qisqartirişini 60 foiz aholi qöllab-quvvatlamaydi.
Yevropada keng kölamli blekaut yuz berdi
28 aprel kuni Portugaliya, Ispaniya va qator Yevropa davlatlarida keng kölamli elektr uzilişi röy berdi. Lissabonda metro töxtab, yölovçilar vagonlarda qamalib qoldi, Portu va Faruda aeroportlar zaxira generatorlariga ötdi.
Ispaniyada ham vaziyat oğir böldi: Madriddagi Baraxas aeroporti yopildi, Barselona va Madrid metrolari işlamay qoldi. Svetoforlar öçdi, mobil aloqa va bank xizmatlarida uzilişlar yuzaga keldi. Temiryöl qatnovi töxtatildi.
Fransiya va Germaniyada ham qisqa vaqtda elektr ta’minoti uzildi. Avariyadan keyin davlatlar ta’minotni tiklaş ustida iş olib bordi.
Financial Times manbasiga köra, hodisa sababi kiberhujum bölişi mumkin. Biroq, ayrim manbalarga köra Ispaniyada havo haroratining keskin özgarişi — noyob atmosfera hodisasi elektr uzatiş liniyalarida tebranişlarni vujudga keltirgan bölişi ham aytilmoqda.
Hofiz Asadning jasadi öğirlab ketildi
Suriyaning sobiq prezidenti Hofiz Asadning jasadi qabrdan çiqarilib, noma’lum joyga olib ketildi. Bu haqda Isroil matbuotiga tayanib Interfax xabar berdi. Hozirça jasad qoldiqlarni aynan kim öğirlagani aniq emas.
Avval namoyişlar paytida Hofiz Asadning maqbarasi tahqirlangan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu safargi holat vandalizm emas, balki uni tahqirlanişdan saqlaş maqsadida Başar Asad oilasi tarafdorlari amalga oşirgani taxmin qilinmoqda.
Hofiz Asad 1971 yildan 2000 yilda vafot etgunigaça Suriyani boşqargan. U davlat töntarişi orqali hokimiyatga kelgan edi. Uning öğli Başar Asad otasidan söng mamlakatni boşqarib, 2024 yilda fuqarolar uruşida mağlub bölib, Rossiyaga çiqib ketgan.
Hofiz Asad Suriya tarixida katta örin tutadi va uning jasadi atrofidagi bu voqea mamlakatdagi siyosiy murakkablikni yanada oçib bermoqda. Voqea böyiça rasmiy izohlar hali berilmadi.
Pekin savdo uruşlaridan taşvişda emas
Xitoy rasmiylari AQŞning yangi bojlari mamlakat iqtisodiyoti tiklanişiga tahdid solmasligini ma’lum qildi. Davlat rivojlaniş va islohotlar qömitasi raisining örinbosari Jao Çensin yalpi içki mahsulot ösiş körsatkiçlari 2025 yilda 5 foizni taşkil etişini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, birinçi çorakda erişilgan natijalar yil davomida barqaror ösiş uçun mustahkam poydevor yaratgan. Jao xalqaro şaroitdan qat’i nazar, Xitoy öz taraqqiyot maqsadlariga sodiq qolişini qayd etdi. Şu bilan birga, ikkinçi çorakda yangi iqtisodiy çoralar e’lon qilinişi kutilmoqda.
Şu paytda Xalqaro valuta jamğarmasi va yirik banklar — Goldman Sachs hamda UBS — Xitoy böyiça öz ösiş prognozlarini pasaytirdi. Ular savdo uruşlari natijasida 2025–2026 yillarda ösiş rasmiy möljallardan past bölişi mumkinligini bildirdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi