Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Go‘zallikning narxi: tarixda ayollar go‘zal bo‘lish uchun qanday qurbonliklar qilgan?
Go‘zallik uchun qanchagacha sarflash mumkin?
Bu savol insoniyat tarixi davomida turli davr va xalqlarda turlicha javob topgan. Ayrim mezonlar nafaqat qulaylik, balki sog‘likdan ham voz kechishni talab qilgan. Quyida turli mamlakatlardagi noodatiy go‘zallik me’yorlari va ularning oqibatlari haqida so‘zlaymiz.
Yevropada ingichka bel “modasi”
XIX asr Yevropasida ideal bel juda ingichka bo‘lishi shart edi. Ayollar temir yoki suyakdan yasalgan korsetlarni tanalariga qattiq bog‘lab, nafas olishni qiyinlashtirgan va ichki a’zolar joylashuvini o‘zgartirgan. Umurtqaga umrbod zarar yetkazsa ham, bu nafislik va mavqe ramzi sanalgan.

Xitoyda “lotus oyoq”
Yuz yillar davomida kichik oyoq go‘zallik va oliy tabaqa belgisi deb hisoblangan. Qizaloqlarning oyoqlari 4-5 yoshdan qattiq mato bilan bog‘lanib, suyak o‘sishi to‘xtatilgan. Bu yurishni qiyinlashtirgan va umrbod og‘riq keltirgan, ammo jamiyatda yuksak maqom ramzi bo‘lib qolgan.

Yaponiyada qora tishlar
"Ohaguro" deb atalgan modada ayollar tishlarini temir va sirka aralashmasi bilan qoraga bo‘yagan. Bu go‘zallik va sadoqat belgisi sifatida qabul qilingan, ammo tish emalini yemirib, og‘iz sog‘ligiga zarar yetkazgan. Ammo bu ijtimoiy mavqe sanalishi ayollarni ushbu qiyinchilikdan qaytarolmagan.

Afrika va Myanmada uzun bo‘yin
Afrikaning ba’zi hududlarida va Myanma bilan chegaradosh Kayan xalqi ayollari bo‘yniga yillar davomida metall halqalar qo‘shib borishadi. Bu suyak va mushaklarni cho‘zadi, uzun bo‘yin esa go‘zallik va boylik belgisi hisoblanadi. Ammo halqalar olib tashlanganda mushaklar zaifligi sababli boshni tik tutish qiyinlashadi.

Efiopiyada lab “tarelkasi”
Mursi va Surma qabilalarida ayollar pastki labini teshdirib, kattaroq loydan yoki yog‘ochdan yasalgan tarelkalar taqishadi. Lab qancha katta bo‘lsa, shuncha hurmat va obro‘ hisoblanadi. Bu og‘riqli jarayon lab to‘qimasida doimiy deformatsiya qoldiradi.

Yangi Gvineyada chandiq san’ati
Papua – Yangi Gvineyaning ayrim hududlarida ayollar va erkaklar tanada maxsus kesish va chandiqlash orqali naqsh yasashadi. Bu go‘zallik va kuch ramzi sanaladi, ammo unga infeksiya tushish xavfi juda yuqori bo‘ladi.

Go‘zallik qurbonlik talab qiladimi?
Tarixda ayollar jamiyat qo‘ygan me’yorlarga yetish uchun o‘z sog‘liklarini xavf ostiga qo‘ygan. Hozirgi zamonda ham plastik operatsiyalar, qattiq diyetalar va agressiv kosmetik vositalar orqali go‘zallikka intilish avjida. Savol: haqiqiy go‘zallik shunga arziydimi?