Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ipak yo‘lida turizm”: Toshkent xalqaro yarmarkasida Sankt-Peterburgni kashf eting
Sankt-Peterburg – Rossiya va jahon turizm xaritasida alohida o‘rin tutadigan shahar. Buni MDH mamlakatlari aholisi yaxshi biladi: bu hududlardan kelayotgan turistlar oqimi yildan yilga ortib bormoqda.
Neva sohilidagi shahar har bir mehmonni hayratda qoldira oladi. Bu yerda romantik oqshomlar, mashhur ko‘tarma ko‘priklar, qudratli saroylar bilan birga zamonaviy me’morchilik, faol biznes muhiti, festivallar, ijod va kreativ energiya birlashib, o‘ziga xos ruh va kayfiyatni yaratadi. Shu bois Sankt-Peterburgga bir bor kelganlar yana qayta kelishni istaydi.
Sankt-Peterburg – dunyodagi yirik biznes-turizm markazlaridan biri. Qulay transport aloqalari, rivojlangan mehmonxona infratuzilmasi, kongress-ko‘rgazma maydonlari va boy madaniy dastur uni xalqaro biznes tadbirlari uchun ideal maskanga aylantirgan. Har yili bu yerda yuzlab forumlar, anjuman va kongresslar o‘tkazilib, dunyodan turli soha mutaxassislari yig‘iladi.

Shu bilan birga Neva shahrida turizmning turli yo‘nalishlari jadal rivojlanmoqda: madaniy-ma’rifiy, ilmiy, oilaviy, tibbiy, voqealar turizmi, gastronomik, sanoat va boshqalar. Ermitaj, Tsarskoye Selo va Petegrof kabi mashhur maskanlardan tashqari, yangi jamoat maydonlari, arxitektura belgilari, ko‘ngilochar nuqtalar ham paydo bo‘lmoqda. Turistlar uchun takliflar kun sayin kengaymoqda.
Sankt-Peterburg har faslda o‘zgacha go‘zal. Bu shaharga qanday vaqtda kelmang, u sizga yangicha taassurot ulashadi. Va eng muhimi — unga sayohatni rejalashtirishni hozirning o‘zida boshlashingiz mumkin. 2025 yil 27–29 noyabr kunlari Central Asian Expocenter binosida “Ipak yo‘lida turizm” - Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun eng muhim turizm tadbirlaridan biri. Yarmarka 1995 yildan beri BMTning Butunjahon turizm tashkiloti rasmiy qo‘llovida o‘tkazib kelinmoqda. “Ipak yo‘lida turizm” — turkompaniyalar, mehmonxona biznesi, sug‘urta kompaniyalari, MICE mutaxassislari, turizm sohasi o‘qituvchilari va sanoat vakillari uchun yagona uchrashuv maydoni. Bu yerda o‘nlab davlatlar taqdimotlari, ishbilarmon uchrashuvlar, xalqaro konferensiyalar va yangi loyihalar uchun muzokaralar o‘tkaziladi.
Rossiyaning shimoliy poytaxti yarmarkada to‘rtinchi yildirki muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. O‘tgan yillarda bu tadbir doirasida Sankt-Peterburg Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Toshkent Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi o‘rtasida, Sankt-Peterburg tibbiy turizmi agentligi va O‘zbekistonning yirik sog‘lomlashtirish operatori o‘rtasida, Kongress-ko‘rgazma byurosi va O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR markazi o‘rtasida muhim hamkorlik bitimlari imzolangan.
Bu yil Sankt-Peterburgning turistik salohiyati 56 kv. m maydondagi yagona ekspozitsiyada namoyish etiladi. Stend raqami — T17.
Sankt-Peterburg stendida sizni kutamiz!
Reklama huquqi asosida