Sport | 20:20 / 01.02.2026
7062
2 daqiqa o‘qiladi

Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess turniri chempioni bo‘ldi

U to‘rtinchi urinishda bolalikdagi orzusiga erishdi.

Foto: Nodirbekchess.com

Nodirbek Abdusattorov shaxmat olamidagi eng nufuzli turnirlardan biri, Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida o‘tkazib kelinuvchi Tata Steel Chess 2026 turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Abdusattorov turnir davomida barqaror o‘yin namoyish etib, asosiy raqiblarga qarshi o‘yinlarni ishonchli o‘tkazdi.

U so‘nggi tur arafasida ham reytingda birinchi o‘rinda turgandi va 1 fevral kuni o‘tkazilgan bahsda hindistonlik Arjun Erigaysini mag‘lub etdi.

Yakunda o‘zbekistonlik shaxmatchi 13 imkoniyatdan 9 ochko to‘pladi (6 g‘alaba, 6 durang va 1 mag‘lubiyat).

Bu uning uchun ushbu turnirdagi ilk chempionlik hisoblanadi.

Abdusattorov oldingi yillarda ham chempionlikka yaqin kelgandi – 2023 yilda 2-o‘rin, 2024 yilda 3-o‘rin, 2025 yilda 3-o‘rin. U to‘rtinchi urinishda o‘z maqsadiga erishdi.

Shuningdek, u ushbu turnirdagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng onlayn reytingda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari beshligiga qaytdi.

Nazvaniye

Tata Steel Chess eng qadimiy va nufuzli klassik shaxmat turnirlaridan biri bo‘lib, uning tarixi 1936 yilga borib taqaladi. Nodirbek o‘z intervyusida ushbu turnirda g‘olib bo‘lish uning bolalikdagi orzusi bo‘lganini tan olgandi.

Endi Nodirbek uchun keyingi muhim turnir FIDE Freestyle Chess World Championship 2026 (Rapid) turniri bo‘ladi, bu turnir sovrin jamg‘armasi 300 000 dollarni tashkil etadi. Turnir 13–15 fevral kunlari Germaniyaning Vanjyel shahrida bo‘lib o‘tadi va unda 8 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid