Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfonlar bozorining yetakchilari ma’lum qilindi
O‘tgan yil davomida jahon smartfonlar bozori 2 foizga o‘sgan. Avvalroq tahlilichilar bozor 7 foizga pasayishini taxmin qilgandi.
Apple, Samsung va Xiaomi jahon smartfonlar bozorining yetakchilariga aylandi, deyiladi Omdia tadqiqot kompaniyasi hisobotida.
Unga ko‘ra, 2025 yilda global bozorda 19 foiz ulush bilan Apple kompaniyasi birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarga mos ravishda qariyb 19 foiz va 13 foiz ulush bilan Samsung va Xiaomi joylashdi. Shuningdek, Vivo, Oppo, Transsion, Honor, Lenovo, Huawei va Realme kompvniyalari yuqori o‘ntalikdan joy oldi.
Bozor yetakchilarining smartfon yetkazib berish ko‘rsatkichi 7 foizga oshgan. Eng yuqori o‘sish ushbu ko‘rsatkichni 11 foizga oshirgan Honor kompaniyasida qayd etildi.
O‘tgan yil davomida jahon smartfonlar bozori 2 foizga o‘sgan. Avvalroq tahlilichilar bozor 7 foizga pasayishini taxmin qilgandi.
Mavzuga oid
15:58 / 30.01.2026
Apple, Meta, Google. IT gigantlari O‘zbekistonda qancha soliq to‘layapti?
10:59 / 23.01.2026
Xiaomi O‘zbekistonda REDMI Note 15 smartfonlari seriyasini taqdim etdi
21:42 / 18.01.2026
Xiaomi ultratovush dinamikli smart-ko‘zoynak chiqardi
12:24 / 18.01.2026