Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Dizayn” jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi
Taniqli komik aktyor, “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov hayotdan ko‘z yumdi.
Dilshodbek Musabekov
Bu haqda qiziqchi Ulug‘bek Xolmedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Dilshodbek Musabekov 51 yoshda edi. U o‘tgan yilgi intervyularidan birida “Dizayn” guruhining 2023 yilgi konserti vaqtida yurak xurujini boshdan kechirgani haqida aytgan edi.
San’atkor faoliyati davomida “Jaydari zarba”, “Labbay rais” kabi filmlarda rol ijro etgan.
Dilshodbek Musabekov 2025 yilda O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.