Turizm | 21:07 / 28.05.2026
1689
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi

Islandiya yashash narxi bo‘yicha Shveytsariyani ortda qoldirdi.

Foto: Stefan Wermuth/Bloomberg

Islandiya ko‘p yillar davomida birinchi marta Shveytsariyani ortda qoldirib, yana dunyodagi eng qimmat davlatga aylandi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Islandiyadagi narxlar darajasi hozir Shveytsariyadagiga qaraganda uch foiz punktga yuqori ekan. Gap shundaki, pandemiyadan keyingi turizmning yuksalishi (o‘sishning asosiy omili) ham iqtisodiy o‘sishga, ham narxlarning oshishiga turtki bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, aynan turizm xizmatlar sohasidagi inflatsiyaga katta hissa qo‘shmoqda. Turizm tomonidan talabning bosimi ish haqining oshishiga olib keldi. Bundan tashqari, turizmdan uy-joy bozori ham zarar ko‘rdi.

2024 yilda Shveytsariyadagi xarid qobiliyatiga moslashtirilgan narxlar darajasi Islandiyanikidan yetti foiz ortiqroq edi.

Islandiyada o‘sib borayotgan narxlar tez orada sayyohlarni cho‘chita boshlashi taxmin qilinmoqda. Ta’kidlanishicha, Islandiya iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirmayapti, bu esa uning zaifligini oshiradi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid