Qoraqalpog‘iston

Qoraqalpog‘iston

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston shimolida joylashgan. Respublika hududining katta qismini Qizilqum cho‘llari tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston shimolda va g‘arbda Qozog‘iston bilan, janubda Turkmaniston va Xorazm viloyati bilan, sharqda Navoiy hamda Buxoro viloyatlari bilan chegardosh.

Qoraqalpog‘iston 1924 yilda Turkiston ASSR tarkibida muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan.

Qoraqalpog‘iston hududi 166,6 ming kilometr kvadrat bo‘lib, aholisi 1 mln 987 ming kishi (2023 yil 1 iyul holatiga)

Respublikada 14 ta tuman bor. Ma’muriy markazi Nukus shahri. Qoraqalpog‘iston aholisining asosiy qismini o‘zbeklar va qoraqalpoqlar tashkil etadi. Bundan tashqari, bu yerda qozoqlar, turkmanlar, ruslar, tatarlar va boshqa millatlar yashaydi.

Hozirgi kunda ozroq qismi qolgan Orol dengizi Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan. Keyingi yillarda jadallik bilan dengizning qurigan o‘rniga saksovulzorlar tashkil etish ishlari olib borilmoqda.