10:09 / 01.05.2015
1883

AQSh Harbiy dengiz kuchlari bundan keyin tijorat kemalarini kuzatib borishiga qaror qilindi

Fabrika Formatovus-navy-sends-destroyer-to-persian-gulf-after-iran-seizes-western-flagged-ship-1430244625 Kun.uz: Bundan keyin AQShning harbiy kemalari tijorat va yuk kemalarini safarlar chog‘ida kuzatib boradi. Fox News telekanalining ma'lum qilishicha, Eronda AQShning yuk kemasi ushlab qolinishi bilan bog‘liq voqealardan so‘ng Harbiy dengiz kuchlari rahbariyati shunday qarorga kelgan. Ma'lumki, yaqinda Saudiya Arabistonidan BAAga tijoriy reysni amalga oshirayotgan Maersk Tigris kemasi Eronda ushlab qolingan edi. Kema bortida 24 kishi bo‘lgan. Ayni paytda Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tadigan kemalar nazorat ostiga olingan. Kemalar yakka tartibda kuzatib borilmagan taqdirda butun bo‘g‘ozdagi vaziyat nazorat qilib turiladi. Bundan tashqari, Barak Obama ma'muriyati Eronda to‘xtatib qolingan yuk kemasi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgani ma'lum qilinmoqda. xab-4
Top