Sport | 08:18 / 01.05.2015
2080
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada xokkey bo‘yicha 79-jahon chempionati boshlanadi

1030883598 Kun.uz: 1 may kuni Chexiyada xokkey bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati boshlanadi. Bu Chexiyada o‘ninchi marotaba shunday turnir o‘tkazilishi bo‘ladi. Turnir 1 maydan 17 maygacha Praga va Ostrave shaharlaridagi muz maydonlarida o‘tkaziladi. Chexiyaliklar shu vaqtgacha o‘z maydonlarida o‘tkazilgan turnirlarning uchtasida g‘olib bo‘lishgan, oxirgi marta Chexiyada o‘tkazilgan jahon chempionatida esa Kanada terma jamoasi g‘alabani nishonlagan edi. A guruhi o‘yinlari Praga shahridagi O2 Arena maydonida o‘tkaziladi. Bu o‘yingoh 17 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Bu guruhdan Kanada, Shvetsiya, Chexiya, Latviya, Shveytsariya, Avstriya, Fransiya hamda Germaniya termalari o‘rin olishgan. V guruhi o‘yinlari esa Ostrave shahridagi CeZ Arena nomli maydonda tashkil qilinadi. Bu maydon 10 ming tomoshabinni o‘zida sig‘dira oladi. Bu guruhda Rossiya, Belarus, Finlyandiya, AQSh, Norvegiya, Sloveniya, Slovakiya va Daniya xokkeychilari keyingi bosqichga chiqish uchun kurash olib borishadi. Guruh bosqichi 12 may kuniga qadar davom etishi belgilangan. Chorak final o‘yinlari 14 may kuni ikki shaharda ham bo‘lib o‘tadi. 16-17 may kunlari esa yarimfinal va final o‘yinlari Praga shahrida o‘tkaziladi. Turnirning asosiy favoritlari sifatida Kanada, Rossiya va Finlyandiya terma jamoalari qaralmoqda. Keyingi jahon chempionati Rossiyada o‘tkazilishi belgilab olingan. Chexiyadagi turnirda eng yomon natija qayd etgan ikki jamoa Rossiyaga bormaydi, ularning o‘rnida Qozog‘iston va Vengriya qatnashadi. xab-
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish