16:14 / 01.05.2015
2016

Nazarboyev qozog‘istonliklarni Xalq birdamligi kuni bilan tabrikladi

0 Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat fuqarolarini Xalq birdamligi kuni bilan tabrikladi. 1 may kuni Qozog‘istonda an'anaviy tarzda Xalq birdamligi kuni o‘tkaziladi. Bu yilgi tadbirlarning asosiy qismi “Qozoq Eli” monumenti oldidagi maydonda o‘tkazildi. tengrinews.kz resursining ma'lum qilishicha, konsert dasturida Qozog‘istonning ko‘zga ko‘ringan san'atkorlari ishtirok etdi. Maydon oldida tashkil etilgan etno-ovulda mamlakat hududida istiqomat qiluvchi turli xalqlarning urf-odat va an'analari namoyish etildi. photo_156758   “Bugun ushbu “Mangu El” maydonida yig‘ilganlarni Xalq birdamligi bayrami bilan tabriklayman. Bo‘lib o‘tgan umumxalq saylovlari bizning qudratimizni va birdamligimizni, ko‘p millatli davlatimizning birdamligi tufayli barqarorlikka va ulkan yutuqlarga erishganligimizni butun dunyoga namoyish etib berdi. Oldimizda buyuk vazifalar turibdi, ularni amalga oshirish uchun birdamlikni saqlashimiz kerak”, - deb ta'kidladi Nazarboyev.
Top