O‘zbekiston | 12:04 / 01.05.2015
2714
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Favvoralar sayli” bo‘lib o‘tadi

14304604461 Kun.uz: Bugun Toshkent va Samarqand shaharlarida “Favvoralar sayli” bayrami doirasida ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, poytaxtning turli hududlarida joylashgan 14ta favvora yaqinida yoshlarning san'at va adabiyot arboblari bilan uchrashuvlari tashkil etiladi. Bayram tadbirlari 14:00da boshlanadi. - Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va Simpoziumlar saroyi yaqinida; - Yunusabod tumani, Sayilgoh ko‘chasida; - «Bolajon» xiyobonida; - International Tashkent mehmonxonasi yaqinida; - Xadra maydonidagi Tsirk binosi oldida; - Mirzo Ulugbek bog‘ida; - Bobur ko‘chasidagi «Uzbekengilsanoat» binosi oldida; - «Istiklol» san'at saroyi oldida; - Alishera Navoiy nomli Katta Akademik teatr binosi qarshisida; - Mustakillik maydonida; - «Lokomotiv» bog‘ida; - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida; - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida; - Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida. xab-
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish