16:52 / 01.05.2015
1931

Qirg‘izistonda oltin ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tushib ketdi

Fabrika Formatovzoloto2 Kun.uz: Qirg‘izistondagi konlarda oltin ishlab chiqarilishi 48 foizga tushirildi. Bu haqda “Qirg‘izoltin” OAJ aksiyadorlari yig‘ilishida ishlab chiqarish texnik boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Arstan Nosirov ma'lumot berdi. Qirg‘iziston telegraf agentligining ma'lum qilishicha, 2014 yilda oltin ishlab chiqarish 48.4 foizga tushib, 343 kg ni tashkil etgan. Maqmal konida 340 kg oltin va 91 kg kumush, Qumto‘r konida esa 17 tonna oltin va 5 tonna kumush qazib olingan. Shuningdek, Nosirov o‘tgan yili daromad 70 mlrd somni tashkil etganini aytib o‘tdi. Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan 335 mln som daromad olingan. xab-4
Top