Texnologiya | 11:16 / 01.05.2015
2661
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda yil boshidan Beeline‘ning sakkizta yangi eksklyuziv ofislari ochildi

2015 yil 1 may, Nukus. Aloqa operatori Beeline 2015 yilning birinchi yarmida sakkizta yangi dilerlik eksklyuziv ofislar ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Yangi ofislar Nukus shahri va Qoraqalpog‘istonning quyidagi tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda: Chimboy, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Amudaryo, Ellikqal'a, To‘rtko‘l va Beruniy tumanlari.

Nukus “Bizning barcha yangi salonlarimiz, Beeline mijozlariga xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta'minlagan holda, har kuni abonentlarni qabul qilmoqda, - deydi Unitel‘ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Refat Nizamutdinov. – Eksklyuziv ofislar abonentlarni tarmoqqa ulash, maslahatlashish, to‘lovlarni qabul qilish, tanlangan tarif rejalariga o‘tish va kompaniya joriy etgan innovatsiyalardan boxabar qilish uchun kerakli barcha sharoitlarga ega”.

rah
Tayyorlagan rah
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish