22:22 / 01.05.2015
1860

Turkish Airlines aviakompaniyasi Tataristonga aviareyslar sonini ko‘paytiradi

turkish-airlines

Kun.uz: Tatariston yetakchisi Rustam Minnixanov Turkish Airlines aviakompaniyasi hamkorlikni jadal rivojlantirish uchun Tataristonga aviareyslar sonini ko‘paytirishini ma'lum qildi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.

Minnixanovning aytishicha, hozirda haftasiga yettita aviareys kamlik qilmoqda. “Tatariston va Turkiya o‘rtasida reyslar sonini ikki marta ko‘paytirishga barcha sharoitlar mavjud”, – deb Turkish Airlines bosh direktori Temel Kotil bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra ta'kidlab o‘tdi Minnixanov.

Tatariston rahbari Tatariston “Anqara, Antaliya va Turkiyaning boshqa shaharlariga qo‘shimcha reyslarga ehtiyoj sezmoqda” – deb aytdi.

Top