Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:46 / 01.05.2015
1867
2 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada fitnada gumon qilinuvchilarni ozod qilgan sudya hibsga olindi
Kun.uz: Turkiyada hukumatga qarshi til biriktirishda gumon qilingan 76 kishini aybsiz deb topib, ularni qamoqdan ozod qilgan sudyalardan biri hibsga olindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Istanbul sudi “muqobil davlat qurish” borasida til biriktirishda ayblanayotgan kishilarni ozod qilgan edi. Ular orasida Samanyolu mediaguruhi rahbari Hidoyat Qoracha va bir qancha politsiya zobitlari bor edi. Ammo prokuraturaning talabiga binoan yuqoriroq darajadagi sud bu qarorni bekor qildi. Hürriyet gazetasida yozilishicha, ularni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan sudyalardan biri Metin O‘zchelik hibsga olingan, uning hamkasbi Mustafo Bashir esa politsiya tomonidan qidirilmoqda.
Turkiyada “Muqobil davlat” deb “Xizmat” muxolifatchi harakatining davlat strukturasidagi odamlari aytiladi. Harakatning rahbari AQShda istiqomat qiluvchi diniy arbob Fathulloh Gulendir. O‘tgan yilning dekabrida Istanbul sudi uni qamoqqa olish haqida qaror chiqargan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish