21:27 / 02.05.2015
1869

"Barselona" safarda "Kordoba" darvozasiga javobsiz 8ta gol kiritdi

CEA0cctVAAAw86n

Kun.uz: Ispaniya chempionatining 35-turida "Barselona" musobaqa jadvalining quyi pog‘onasida borayotgan "Kordoba" maydoniga safar qildi.

Uchrashuv to‘liq "kataloniyaliklar"ning ustunligida o‘tdi. Mezbonlar uchrashuvning 42-daqiqasigacha himoyada xatoga yo‘l qo‘yishmadi. Biroq 42-daqiqada Messi uzatgan to‘pni Ivan Rakitich darvozaga kiritib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada Suares hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar raqiblar darvozasini yana 6 marotaba nishonga oldi. Navbatdagi gollarga Messi (46’, 80’), Suares (53’, 88’), Pike (65’) hamda Neymar (85’, penalti) mualliflik qilishdi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng mezbonlarning La-ligada qolish imkoniyatlari deyarli qolmadi.

"Barselona" esa o‘z ochkolari sonini 87taga yetkazib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

xab-
Top