20:21 / 02.05.2015
17223

Dunyoning eng chiroyli sharsharalari

Tabiat ixlosmandlarini sharsharalar doimo o‘ziga chorlab kelgan. Shovqinli sharsharalar insonga quvvat baxsh etsa, sokin sharsharalar xotirjamlik bag‘ishlaydi. Dunyoning eng mashhur va go‘zal sharsharalari bilan tanishing. 1. Pamukkale termal buloqlari, Turkiya 2. Pamukkale - geotermal buloqlar tizimi bo‘lib, bu yerda suv harorati iliq (35 daraja)dan qaynoqqa (100 darajaga)cha yetadi. 3. Tog‘ jinslari bilan o‘zaro ta'sirga kirishgan qaynoq suv turli chuqurlikdagi hovuzlar zanjirini hosil qilgan. 4. Sariq ajdar sharsharasi, Xitoy 5. Bu yerda maftunkor ranglar o‘yinini kuzatish mumkin: qoyalar qizg‘ish rangda, suv moviy, suv osti esa quyoshda yarqirovchi kalsiyli cho‘kindilardan iborat. 6. Ba'zi suv havzalarida turli rangdagi suvo‘tlari o‘sgani bois suv yashil, sariq va hatto malla rangda tovlanadi. 7. Semuk Champey sharsharasi, Gvatemala 8. Bu sharsharaning rangi kun, ob-havo va yil fasliga qarab o‘zgarib turadi. 9. Sharsharaning nomi “Muqaddas suv” degan ma'noni bildiradi. 10. 11. Kuang Si sharsharasi, Laos 12. Bu mo‘'jizakor sharshara Luangpxabang muzofotida joylashgan. Asosiy sharshara joylashgan yerning balandligi 54 metrga teng. 13. Bu sharshara mahalliy aholining eng sevimli maskanidir. Sharshara joylashgan hududga kirish pullik. 14. Bayshuytay sharsharasi, Xitoy 15. Xitoydagi eng go‘zal sharshara. Quyosh nurida tovlanuvchi nam ohaktosh xuddi oppoq marmardek ko‘rinadi. 16. Kuz faslida sharshara chetlaridagi daraxtlarning barglari oltinrang tusga kirganida, sharsharaning ko‘rinishi unutilmas taassurot qoldiradi.
Top