Jamiyat | 08:39 / 02.05.2015
1575
2 daqiqa o‘qiladi

Meksika narkomafiyasi Gvadalaxara shahridagi binolarga o‘t qo‘yib, harbiy vertolyotni urib tushirdi

Screenshot_12 Kun.uz: Meksika narkomafiyasi mamlakat g‘arbidagi Gvadalaxara shahridagi mashinalar, benzin quyish shoxobchalari, banklar va boshqa ma'muriy binolarga o‘t qo‘ydi. Jinoyatchilar guruhi harbiy vertolyotlardan birini urib tushirishgan. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda. Vertolyot qulashi natijasida ikki politsiyachi va 10 nafar askar jiddiy jarohatlar olishgan. Ular ayni vaqtda harbiy shifoxonada davolanmoqda. Meksika hukumatining ma'lum qilishicha, bu tartibsizliklar hukumat tomonidan narkomafiyaga qarshi kurash boshlagani bilan bog‘liq. Shuningdek, ayni vaqtda Meksikadagi jinoiy guruhlar o‘zaro urush boshlashgani ham aytilmoqda. Gvadalaxara shahri joylashgan Xalisko shtati ma'muriyatining ma'lum qilishicha, narkokartellar orasida eng katta obro‘ va kuchga egasi "Yangi avlod" nomli jinoiy guruh hisoblanadi. Bu tashkilot giyohvand moddalar savdosidan tashqari, qurol ishlab chiqarish hamda sotish bilan shug‘ullanadi. Ayni vaqtda kartel sexlarida vintovka va pistoletlar ishlab chiqarilmoqda. Bu guruh o‘z tarkibiga mahalliy jinoyatchilardan tashqari chet-elliklarni ham yollaydi. Screenshot_10 Screenshot_11 xab-1
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish