Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:27 / 02.05.2015
1749
1 daqiqa o‘qiladi
Meksikada narkomafiya bilan to‘qnashuvlar oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi
Kun.uz: Meksikada narkomafiya bilan to‘qnashuvlar oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda o‘zining tvitterdagi blogida Xalisko shtati hukumati matbuot kotibi Gonsalo Sanchez.
Ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar 5ta AYoQSh, 11ta bank va 30dan ortiq avtomobillarni yoqib yuborishgan.
“Ayni paytda hammasi tinchidi. Bizning barcha kuchlarimiz xavfsiz vaziyatni saqlab qolish uchun yo‘naltirilishiga ishonchingiz komil bo‘lsin”, deb aytdi Sanchez.
Qayd etilishicha, 19 kishi qo‘lga olingan.
Avvalroq Meksikaning g‘arbida joylashgan Gvadalaxara shahrida narkomafiya tomonidan mashinalar, AYoQShlar, bank va boshqa muassasalar yoqib yuborilayotgani ma'lum qilingandi. Shuningdek, jinoyatchilar tomonidan bitta harbiy vertolyot urib tushirilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish