16:57 / 02.05.2015
1786

Nepal hukumati vayronalar ostida tirik qolganlarni topishning imkoni qolmaganini ma'lum qildi

1061084798

Kun.uz: Nepal hukumati 25 aprelda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan keyin vayronalar ostida tirik qolganlarni topishning imkoni qolmaganini aytmoqda. Bu haqda “Frans Press” axborot agentligi xabar berdi. “Falokat yuz bergandan keyin bir hafta o‘tdi. Biz tirik qolganlarni izlash va ularni qutqarish uchun imkoni boricha barcha ishlarni amalga oshirmoqdamiz, biroq o‘ylashimcha, endi vayronalar ostidan biror tirik qolgan odamni topishning imkoni qolmadi”, deb aytdi Nepal IIV vakili Laksmi Prasad Dxakal agentlikka bergan intervyusida. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 6621 kishi halok bo‘lgan, 14023 kishi jabr ko‘rgan.

Top