14:26 / 03.05.2015
1775

"Bavariya" Garet Beylga qiziqish bildirmoqda

CD9NhzGUkAIy-hC

Kun.uz: “Real Madrid” yarim himoyachisi Garet Beyl o‘z faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. 25 yoshli futbolchiga qiziqayotgan jamoalar safiga “Bavariya” ham qo‘shildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Bundan tashqari, futbolchiga “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” hamda “Chelsi” qiziqish bildirayotgan edi.

Beylning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar belgilangan. Joriy mavsumdagi Ispaniya chempionatida Beyl 13ta gol urgan hamda 8ta gollik uzatmaga mualliflik qilgan.

xab-
Top