22:27 / 03.05.2015
1886

«Chelsi» APLda chempionlik soni bo‘yicha “MYu”dan keyin 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

CEFmrjeWEAA-ULJ

Kun.uz: “Chelsi” Joze Mourino qo‘l ostida 2014/15 yillardagi mavsumda Angliya chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa London klubi 2004/05, 2005/06, 2009/10, 2014/15 yillardagi mavsumlarda g‘alaba qozonib, o‘zining Angliya premer-ligasidagi to‘rtinchi chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. “Chelsi” bu borada 13 marta chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan “Manchester Yunayted”dan ancha farq bilan ortda qoldirmoqda. Bu borada 3-o‘rinni 3 marta chempion bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan “Arsenal” egallamoqda.

Bundan tashqari, 1992 yildan Angliya Premer-ligasi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan bu musobaqada ikki marta “Manchester Siti”, bir marta “Blekbern” klublari ham chempionlik unvonini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Top