22:02 / 03.05.2015
2271

Eron hukumati “Formula-1” avtodromi qurishni rejalashtirmoqda

a70e66b34f369793ba7e14a88b54c343

Kun.uz: Eronning madaniy merosi va sayyohlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi hukumat vakili Mas'ud Sultanifar Eron hukumati Keshm orolida jahon darajasidagi avtodrom qurishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Motorsport portali xabar berdi.

Sultanifar bu orol “Formula-1” Gran-prisining yangi bosqichini o‘tkazish uchun eng chiroyli joylardan biri bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

Eron avvalroq ham Tehron atrofida avtodrom qurish rejalari haqida ma'lum qilgandi.

xab-
Top