O‘zbekiston | 19:58 / 03.05.2015
1843
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada 900 ming nafar zaxiradagi harbiy xizmatchiga "inqirozli vaziyat"ga tayyor turish tayinlandi

Fabrika Formatov754306353447754 Kun.uz: Finlyandiya harbiy boshqarmasi zaxiradagi harbiy xizmatchilar hisoblanadigan 900 ming nafar fuqaroga "har qanday vaziyatga tayyor turish" ta'kidlangan maktublarni jo‘natgan. Bu haqda Newsweek jurnalida yozib chiqildi. Shuningdek, televideniye orqali ham zaxiradagi harbiy xizmatchilarni ehtimoliy siyosiy inqiroz holati haqida ogohlantirish amalga oshirilgani aytilmoqda. Ma'lum qilinishicha ogohlantirish xatlari mamlakatning 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolariga jo‘natilgan. Fin jurnalisti Piter Liskolaning yozishicha, hukumat bunday ishga ilk bor qo‘l urmoqda. U hukumatni vahima ko‘tarish va harbiy xarajatlarni oshirishga harakat qilayotganlikda ayblamoqda. Qayd etilishicha, o‘tgan haftada fin baliqchilari Finlyandiya suvlarida noma'lum obektni ko‘rishgani haqidagi xabardan keyin, aholi orasida Rossiya tomonidan kelishi mumkin bo‘lgan tahdid bo‘yicha mish-mishlar tarqalgan. Finlyandiya Mudofaa vazirligining axborot bo‘limi direktori Mika Kallioma esa, zaxiradagi harbiylarga xat jo‘natilishi Rossiyadan tahdid bo‘lishi xavfi bilan bog‘liq emasligini ma'lum qilgan. Ma'lumot uchun, Finlyandiya sharqda Rossiya bilan 1300 kilometrlik chegaralarga ega hisoblanadi. Mamlakat aholisi 5,2 mln kishidan iborat bo‘lib, ayni vaqtda armiyada 16 ming askar xizmat qilmoqda. Harbiy holat e'lon qilingan vaqtda esa armiyaga 230 ming kishini jalb qilish mumkin. xab-2
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish