Sport | 07:44 / 03.05.2015
1855
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada "Yuventus" muddatidan oldin chempionlikka erishdi

203018858-09b41644-0ac7-4f58-971c-afe101824442

Kun.uz: 2 may kuni Turinnning "Yuventus" jamoasi A seriyaning 34-turi doirasida "Sampdoriya" maydoniga safar uyushtirdi va 1:0 hisobidagi g‘alabani qayd etdi. Bu g‘alaba keltirgan 3 ochko esa turinliklarning joriy mavsumda chempion bo‘lishi uchun yetarli ochko yig‘ib bo‘lganini anglatardi va natijada "Yuventus" Italiyada ketma-ket to‘rtinchi mavsumda ham chempion bo‘ldi. Genuyada kechgan bellashuvda urilgan yagona golga 32-daqiqada Arturo Vidal mualliflik qildi. "Yuventus" 34 o‘yindan keyin 79 ochko yig‘gan. Musobaqa yakunlanishiga 4ta tur qolganida ikkinchi o‘rindagi "Latsio" jamoasi hisobidagi ochkolar soni 62taga teng va bu jamoa keyingi turlarda qanday hisoblar qayd etilishidan qat'i nazar, "Yuventus"ga yeta olmaydi. Qayd etish joizki, bu chempionlik "keksa sinoralar" tarixidagi 33-Skudetto bo‘ldi. 2 may, «Luidji Ferraris» Sampdoriya – Yuventus 0:1 Gol: 0:1 – 32 Vidal. Sampdoriya – Viviano, de Silvestri, Silvestre, Romanoli, Mesba (Redjini, 36), Ritstso (Berxessio, 54), Palombo, Obiang (Dankan, 72), Soriano, Eto'O, Muriel. Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Bardzali, Bonuchchi, Padoin, Vidal, Markizio, Sturaro, Pereyra (Kellini, 73), Teves (Morata, 72), Lorente (Koman, 80). Ogohlantirishlar: Obiang (44), Sturaro (61), de Silvestri (83), Soriano (87), Romanoli (89). xab-
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish