08:23 / 03.05.2015
2000

«MYu» APLda ketma-ket uchinchi turda ham mag‘lubiyatga uchradi

Fabrika Formatovorig_262174 Kun.uz: "Manchester Yunayted" ketma-ket uchinchi o‘yinda mag‘lubiyat uchradi. APLning o‘rtamiyona jamoalaridan biri "Vest Bromvich" "Old Trafford"da mezbonlarni taslim etdi. Uchrashuvning 63-daqiqasida Olsson tomonidan urilgan gol evaziga mehmonlar bu o‘yindan 3 ochko bilan qaytadigan bo‘lishdi. O‘yinning 74-daqiqasida mezbonlar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Lekin, jamoa hujumchisi 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmadi, raqiblar darvozaboni mayxil uning penaltidan yo‘llagan zarbasini osongina bartaraf etdi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin mankunianliklar jadvalda 4-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmasligi deyarli aniq bo‘lib qoldi. Ayni vaqtda 65 ochko to‘plagan Lui van Gal shogirdlarini 61 ochkoga ega bo‘lgan "Liverpul" ta'qib etmoqda. Manchesterliklar keyingi turlarda safarda "Kristal Pelas" va "Xall Siti" bilan, uyda esa "Arsenal" bilan o‘ynaydi. Bu o‘yinlardan ikkitasida g‘alaba qozona olmasa, jamoa keyingi mavsumda ham YeChLda ishtirok etmasligi mumkin. "Vest Bromvich" esa, 35 turdan keyin 40 ochko jamg‘argan va 13-o‘ringa joylashgan. Manchester Yunayted – Vest Bromvich 0:1 Gol: 0:1 – 63 Olsson. Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Smolling, Makneyr (Falkao, 84), Blind (Di Mariya, 64), Errera, Mata, Fellayni, Runi, Yang, van Persi. Vest Bromvich – Mayxill, Douson, Makoli, Olsson, Leskott, Gardner (Uizdom, 89), Mulumbu (Beyrd, 76), Yakob, Fletcher, Brant, Beraxino (Ideyye, 80). Ogohlantirishlar: Makneyr (62). xab-
Top