22:45 / 03.05.2015
1784

Nepalda xarobalar ostidan tirik qolgan 101 yoshli erkak chiqarib olindi

0849840

Kun.uz: Nepalning shimolida qutqaruvchilar zilzila sodir bo‘lgandan keyin 7 kun o‘tib, 101 yoshli tirik qolgan erkak kishini chiqarib olishdi.

Bu haqda 3 may kuni mahalliy politsiya xabar berdi. Politsiya vakilining ma'lumotlariga ko‘ra, Arun Kumar Singx ismli bu keksa 2 mayda o‘z uyi xarobalari ostidan topilgan. U hozirda shifoxonada qolmoqda, deb xabar bermoqda “Frans Press” axborot agentligi.

Avvalroq, Nepal hukumati vayronalar ostidan tirik qolganlarni topishga umid qilmayotgani hamda qutqaruvchilar yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga borganlaridan keyin qurbonlar soni keskin oshishi mumkinligini aytgan edi. 3 mayda Nepalning shimoli-sharqiy qismida ham bir erkak va ikki ayol topilgani ma'lum qilingandi. Nepalda 2,8 mlndan ziyodroq odam zilzila tufayli o‘z uylarini tark etishgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 7 mingdan ziyodroq kishi halok bo‘lgan, 14 mingdan ziyodrog‘i jarohat olgan.

Top