22:58 / 03.05.2015
2072

O‘zbekistonning Sof rivojlanish mexanizmi loyihasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar qiymati 24 mln dollardan oshib ketdi

884840

Kun.uz: Bugungi kunda O‘zbekiston MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari orasida qayd qilingan Sof rivojlanish mexanizmi (SRM) loyihalari soni hamda chiqindilarni rejalashtirilgan qisqartirish hajmi bo‘yicha yetakchilik qilishda davom ettmoqda. Sof rivojlanish mexanizmi loyihasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar qiymati 24 mln dollardan oshib ketdi, bu loyihalarning neft-gaz sohasida amalga oshirilishidan olingan qo‘shimcha samara 5 yil ichida 700 mln kub metrdan ko‘proq tejalgan tabiiy gazni tashkil qildi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mamlakatda qisqa muddatlar ichida SRM loyihalari salohiyatini amalga oshirishga O‘zbekistonning yuqori institutsional tayyorgarligi imkon berdi. 7 yildan kamroq davr ichida nafaqat SRM-loyihalaridan tashkil topgan milliy portfelni shakllantirishga, balki muomalaga 14,4 mln tonna sertifikatlangan chiqindilar qisqartirishini kiritishga muvaffaq bo‘lindi.

Ma'lumot uchun, Sof rivojlanish mexanizmi Kioto protokolida yozilgan uchta bozor mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Bu mexanizm rivojlanayotgan davlatlarning dunyo bozoridagi emissiyalarni qisqartirishi va barqaror rivojlanishga erishishi uchun tashkil etilgan.

Sof rivojlanish mexanizmi issiqxona gazlarining atrof-muhitga chiqarilishini iqtisodiy tomondan samarali ravishda kamaytirishga imkon beradi. Barqaror rivojlanish jarayoniga qo‘shgan faol hissangiz uchun sizga ruxsat berilgan chiqindilar shaklida kreditlar taqdim qilinadi. Siz ulardan o‘z vazifalaringizni hal qilishda foydalanishingiz yoki uni issiqhona gazlari chiqindilari savdo bozorida almashishingiz mumkin bo‘ladi.

Top