10:40 / 03.05.2015
1827

Pakyao Meyvezer o‘ziga qarshi hech nima qila olmaganini ta'kidladi

Fabrika FormatovScreenshot_1 Kun.uz: AQShning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida yarim o‘rta vazn toifasi WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempionlik kamari uchun filippinlik Menni Pakyao AQSh vakili Floyd Meyvezerga qarshi o‘tkazilgan jangdan keyin ringdan turib, jurnalistlarga intervyu berdi. Bellashuvda hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub deb e'lon qilingan Menni bu adolatsiz qaror bo‘lganini ta'kidladi. "Jang davomida Meyvezer menga qarshi hech narsa qila olmadi. Men bu jangda o‘zimni g‘olib bo‘ldim, deb bilaman", deydi Pakyao. Eslatib o‘tamiz, 12 raund davom etgan jangda hakamlar Meyvezerning 118-110, 116-112, 116-112 hisoblarida g‘alaba qilganini ma'lum qilishdi. Qayd etish joizki, Menni bu jangdagi ishtiroki uchun 80 mln dollar oladi. xab-
Top