Sport | 12:19 / 03.05.2015
2290
2 daqiqa o‘qiladi

Polshada politsiyachi muxlisni o‘ldirib qo‘yishi tufayli ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi

Fabrika Formatov328AD60054B3AA87 Kun.uz: Polshaning Knuruv shahrida 200 nafardan ortiq futbol muxlisi ishtirokida ommaviy tartibsizlik kelib chiqdi. Bunga fanatlardan birini politsiyachi otib o‘ldirib qo‘ygani sabab bo‘lgan. Bu haqda Iknurow portali xabar bergan. Xabarda aytilishicha, bu hodisa mahalliy "Konkordiya" jamoasi va Radzenkuvning "Rux" jamoalari o‘rtasidagi o‘yini vaqtida sodir bo‘lgan. Birinchi taym vaqtida mehmon jamoa muxlislari mezbonlarning fanatlari tazyiqidan qochib, maydonga tushib ketgan. Bu vaqda stadion suxandoni odamlarni tartibga chaqirgan, ammo politsiyachilardan biri shoshilib, rezinali o‘q otish orqali muxlislardan birini otib o‘ldirib qo‘ygach, ahvol keskinlashib ketgan. 27 yoshli jabrlanuvchiga maydonning o‘zida birinchi tibbiy xizmat ko‘rsatilgan, ammo u shifoxonaga yetkazilgach, olamdan o‘tgan. Bu fojiadan g‘azablanga yuzlab odamlar Knuruv shahridagi shifoxona va politsiya mahkamasi oldida namoyishlar o‘tkazishgan. Politsiya mahkamasi oldida ikki tomon o‘rtasida jiddiy to‘qnashuv ro‘y bergan, namoyishchilar Molotov kokteyllari orqali hujum qilishlari oqibatida bir qancha politsiyachi jarohatlangan. xab-
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish