Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:12 / 03.05.2015
1641
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistoni quruqlikdagi qo‘shinlari Adanga bostirib kirganini inkor qilmoqda
Kun.uz: Saudiya Arabistoni hukumati Yamanning Adan shahri koalitsiya kuchlari tomonidan ishg‘ol qilingani haqidagi xabarlarni inkor qildi. Bu haqda Reyter xabar bermoqda.
Saudiya Arabistoni qirolligi vakilining aytishicha, ayni vaqtda Adanda koalitsiya askarlari mavjud emas.
Biroz oldinroq, Saudiya Arabistoni va ittifoqchi kuchlarning harbiylari quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshlab, Adan shahriga husiychilar bilan jang qilish maqsadida kirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish