17:20 / 03.05.2015
2762

Toshkentda urush faxriysining 100 yillik tavallud ayomiga “G‘alabaning 70 yilligi” medali topshirildi

1062211261 Kun.uz: 2 may kunida Toshkentda istiqomat qiluvchi rossiyalik urush faxriysi Nikolay Semikovga uning 100 yillik tavallud ayomida Rossiya tomonidan chiqarilgan “70 let Pobedy v Velikoy Otechestvennoy voyne 1941-1945 gg” (“1941-45 yillardagi Ulug‘ vatan urushidagi G‘alabaning 70 yilligi”) medali topshirildi. Semikovning yubiley tug‘ilgan kunida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev unga ushbu medalni topshirdi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning unga yo‘llagan tabrik maktubini taqdim qildi, deb xabar berilmoqda elchixona matbuot bayonotida. “Yuz yosh – bu Vatanning ravnaqi yo‘lida ko‘p yillik yaratuvchilik faoliyatiga xulosa yasovchi hayotdagi muhim chegaradir. Rossiya Semikov avlodining jasoratiga chuqur hurmat va minnatdorchilik izhor qilib qoladi”, deb aytdi Tyurdenev faxriyni taqdirlash marosimida. Tyurdenev “faxriyning uzoq va munosib hayoti haqli ravishda xolis va fidokorona mehnat, barchamiz va ayniqsa yoshlar uchun asl ma'naviy qadriyatlarga o‘rnak bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tdi. Nikolay Mixaylovich Semikov Moskva uchun jang ishtirokchisi hisoblanadi. U Mojaysk ostidagi janglar paytida oyog‘idan mahrum bo‘lib, Toshkentdagi harbiy gospitalda davolangach, Toshkentda qolishga qaror qilgan. xab-2
Top