Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:51 / 03.05.2015
1921
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoylik askarlar Nepaldagi zilzila talofatlariga qarshi kurashadi
Kun.uz: Xitoyning janubi-g‘arbidagi Tibet avtonom hududidagi harbiy bo‘linmalar zilzila jabrlanuvchilariga yordam berish maqsadida Nepalga yuboriladi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, bu harakatlar ikki davlatning tegishli kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Ma'lum bo‘lishicha, Xitoy va Nepal hukumati vakillari biroz oldinroq shu masala xususida nepalliklar iltimosiga ko‘ra uchrashuv o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, Nepalda 25 aprelda ertalab 7,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Uning markazi mamlakat poytaxti Katmandudan shimoli-g‘arbiy tomon 82 kilometr uzoqlikda joylashgan, o‘chog‘i esa 15 kilometr chuqurlikda yotgan. Bir kun o‘tib, Nepalda yana bir qator aftershoklar sodir bo‘lgan, ulardan eng kuchlisining magnitudasi 6,7 ballni tashkil qilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzilada halok bo‘lganlar soni 7040 nafar kishini tashkil etmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish