Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 07:58 / 03.05.2015
2108
1 daqiqa o‘qiladi
Xorvatiyada Zagrebning "Dinamo" jamoasi ketma-ket o‘ninchi chempionligini nishonladi
Kun.uz: Xorvatiya poytaxti Zagreb shahri sharafini himoya qiladigan "Dinamo" jamoasi muddatidan oldin kerakli ochkolarni jamg‘arib bo‘lgan holda chempionlikka erishdi. Jamoa Xorvatiya chempionati yakunlanishiga 4ta tur qolganida "Split" jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etish evaziga ochkolari sonini 80taga yetkazdi va raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Turnir jadvalida ayni vaqtda ikkinchi o‘rinda qolayotgan "Riyeka" jamoasida 65 ochko mavjud va endi ular keyingi o‘yinlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar peshqadamga yeta olmasliklari ma'lum bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, bu chempionlik jamoa tarixidagi 17-chempionlik bo‘ldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish