Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:44 / 03.05.2015
1834
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiya Kubadagi islohotlarni moliyalashtiradi
Kun.uz: Yaponiya Kubada Raul Kastro tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy islohotlarni moliyaviy tomondan qo‘llaydi. Bu haqda Noticias Martí xabar berdi.
Kuba poytaxti Gavana shahriga rasmiy safar uyushtirgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisido shu haqda ma'lum qilgan.
"Birinchi navbatda, biz Kubadagi iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishiga moliyaviy ko‘mak beramiz va hamkorlikning yangicha shaklini yo‘lga qo‘yamiz", deydi vazir.
U shuningdek, Yaponiya Kuba bilan uzoq muddatga biznes sohalarida hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lishini ta'kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldinroq, Buyuk Britaniya ham kubaliklarga iqtisodiy loyihalar uchun 400 mln dollar ajratishi ma'lum qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish